Gadjetlar

Oppo va OnePlus 2026-yilda 8–9,5 ming mA/soatli smartfonlarni taqdim etadi

Ushbu qurilmalar 2026-yildayoq bozorga chiqarilishi mumkin
smartfonlar
Oppo va OnePlus qanday batareyali smartfonlarni taqdim qiladi / Foto: Forbes

Oppo va OnePlus yangi avlod smartfonlar uchun juda katta sig‘imli akkumulyatorlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniyalar 8000, 8400, 9000 va 9500 mA/soatli batareyalarni tayyorlamoqda.

Yangi smartfonlarga ikki bo‘lakli emas, balki to‘liq bir dona yirik akkumulyator qo‘llaniladi. Kichik ekranli ixcham flagman ham, mobil fotografiyaga yo‘naltirilgan model ham 7000 mA/soatdan yuqori quvvatga ega bo‘ladi. O‘rta va yuqori sinf smartfonlarda esa quvvat miqdori 9500 mA/soatgacha yetadi. Zaryadlash tezligi borasida hozircha aniq ma’lumot berilmagan.

Ushbu qurilmalar 2026-yildayoq bozorga chiqarilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo Reno15 Pro 17-noyabrda taqdim etilishi haqida yozgan edi.