Yangiliklar

O‘zbekiston milliy yuk tashuvchilari uchun Latviya tranzit ruxsatnomalari berilishi boshlandi

«E-avto ruxsatnoma tizimi» orqali
Xitoydan O‘zbekistonga 270 tonnalik yuklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelindi
Foto: Transport vazirligi

Transport vazirligi va Xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi Belarus va Litva bilan chegara punktlarining vaqtinchalik yopilishi munosabati bilan milliy yuk tashuvchilariga Latviya tranzit ruxsatnomalarini taqdim etishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 12–15 noyabr kunlari Polotsk va 13–15 noyabr kunlari Medumi-Zarasay chegara punktlarida ruxsatnomasi bo‘lmagan tashuvchilarga «E-avto ruxsatnoma tizimi» orqali arizalari asosida ruxsatnomalar beriladi.

Qolgan ruxsatnomalar 17-noyabrdan boshlab Transport vazirligi orqali taqdim qilinadi. Haydovchilar barcha kerakli hujjatlarni o‘zlari bilan olib kelishi va kompaniya cheklovlari mavjud emasligini tekshirishi zarur.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston va Hindiston kompaniyasi logistika sohasida hamkorlik qilishi haqida yozgandi.