Gadjetlar

Samsung kompaniyasi yangi Samsung Galaxy A37 smartfoni ustida ishlayotgani tasdiqlandi

Kompaniya serverlarida ushbu modelga oid smartfonning ichki dasturiy ta’minoti paydo bo‘lgan
Samsung
Galaxy A37 smartfoni qachon chiqadi / Foto: MyNextTablet

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy A37 smartfoni ustida ishlamoqda. Bu haqda Sammobile nashri xabar berdi. Kompaniya serverlarida ushbu modelga oid smartfonning ichki dasturiy ta’minoti paydo bo‘lgan.

Samsung Galaxy A36 2025-yil mart oyida taqdim etilgan edi. Yaqinda AQSh operatorlari uchun A376USQU0AYK3 raqamli ilk dasturiy ta’minot serverlarga yuklangani A37 borasidagi ma’lumotlarni yanada oydinlashtirgan.

Galaxy A37 qachon chiqishi hozircha aniq emas. Ammo Samsung odatda o‘z A-seriyasi modellarini bahor faslida yangilaydi. Shu bois yangi modelning 2026-yil mart oyida taqdim etilishi eng ehtimoliy sanalardan biri bo‘lib turibdi. Shuningdek, kompaniya Galaxy A37’ni o‘rta sinfning Galaxy A57 modeli bilan birga taqdim etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 liniyasi eng yupqa flagman bo‘lishi kutilayotgani haqida yozgan edi.