Toshkentda 400 ga yaqin avtomobillar reklama pasportisiz harakatlangani aniqlandi

Toshkent shahrida reklama pasportisiz harakatlanayotgan transport vositalarini aniqlash bo‘yicha reydlar davom etmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
So‘nggi nazoratlarda 470 ta reklama bilan bezatilgan avtomobil tekshirildi. Shundan 390 tasida reklama pasporti yo‘qligi aniqlandi. Natijada qonun talablari buzilishi bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, reklama joylashtirish faqat my.gov.uz portali orqali pasport rasmiylashtirilgandan keyin qonuniy hisoblanishi eslatildi.
Shu jarayonda 389 nafar haydovchiga ogohlantirish xatlari topshirildi, bitta avtomobil esa jarima maydoniga joylashtirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nukusdagi «eng arzon shop»ga chora ko‘rilgani haqida yozgandi.