Venesuelada harbiy safarbarlik, Toshkentda yuk mashinalariga cheklov, AQShdagi shatdaunning tugashi va giyohvandlikka qarshi yangi choralar — 13-noyabr kungi muhim xabarlar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar jamlandi
13-noyabr kungi muhim xabarlar dayjesti
2026–2030-yillarda 151 km yangi temir yo‘l quriladi
2026–2030-yillarda 151 km yangi temir yo‘l quriladi / Foto: President.uz

2026 – 2030-yillarda 151 km yangi temir yo‘l quriladi

Shavkat Mirziyoyevga temir yo‘l tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusi rejalar haqida ma’lumot berildi. So‘nggi yillarda tarmoqda boshlangan transformatsiya ijobiy natijalar bermoqda. O‘tgan yil ilk bor soha sof foyda bilan yakunlandi, joriy yilning 9 oyida esa foyda 1 trln so‘mdan oshdi.

Tramp AQSh hukumatining eng uzun shatdaunini tugatdi
Tramp AQSh hukumatining eng uzun shatdaunini tugatdi / Foto: Reuters

Tramp AQSh hukumatining eng uzun shatdaunini tugatdi

AQSh prezident Donald Tramp 43 kun davom etgan hukumat yopilishini yakunlovchi budjet qonunini imzoladi. Ushbu qaror Vakillar palatasi tomonidan 222–209 ovoz bilan ma’qullandi. Qonun federal xodimlarning ishga qaytishini ta’minlaydi. Ular 13-noyabrdan boshlab ishga chaqiriladi, biroq davlat xizmatlarining to‘liq tiklanishi qanchalik tez amalga oshishi hozircha noma’lum.

14 – 17-noyabr kunlari Toshkentda yuk mashinalarining harakati cheklanadi / Foto: Transport vazirligi

14 – 17-noyabr kunlari Toshkentda yuk mashinalarining harakati cheklanadi

Toshkent shahrida 14 – 17-noyabr kunlari o‘tkaziladigan yirik xalqaro tadbirlar sabab ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. Unga ko‘ra, belgilangan kunlarda yuk avtomobillarining shaharga kirishi va shahar ichida harakatlanishi to‘xtatiladi.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining asosiy tamoyillarini belgilab berdi
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining asosiy tamoyillarini belgilab berdi / Rasm prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining asosiy tamoyillarini belgilab berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida» maqolasida mintaqadagi hamkorlik ixtiyoriy, pragmatik va real natijalarga yo‘naltirilgan bo‘lib qolishi kerakligini ta’kidladi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaning barqarorligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilishlari kerak. Davlat rahbari mintaqaviy hamkorlikni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Stipendiya
«El-yurt umidi» jamgʻarmasi 2-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi / Foto: Sun’iy intellekt

«El-yurt umidi» jamgʻarmasi 2-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi

«El-yurt umidi» jamgʻarmasi nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida ta’lim olish uchun stipendiya tanlovini boshladi. Hujjatlar 12-noyabrdan 26-noyabrgacha onlayn platforma orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun barcha hujjatlar belgilangan muddat ichida topshirilishi shart.

Tibbiyot muassasalarida pullik xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi / Foto: serezniy / ww.depositphotos.com

Tibbiyot muassasalarida pullik xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan «Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pullik xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, agar fuqaro tibbiy muassasaga yo‘llanmasiz o‘z xohishiga ko‘ra murojaat qilsa, unga tibbiy yordam pullik asosda ko‘rsatiladi.

Foto: CNN

Venesuelada harbiy safarbarlik e’lon qilindi

Venesuela AQShning Karib dengizidagi harbiy kuchlarini kuchaytirishiga javoban keng ko‘lamli harbiy safarbarlik e’lon qildi. Mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopesning aytishicha, mashg‘ulotlarda quruqlik, havo, dengiz va zaxira kuchlari ishtirok etadi. Bu harakat prezident Nikolas Maduroning buyrug‘i bilan amalga oshirilmoqda.

Giyohvandlik va narkojinoyatlar
Giyohvandlik va narkojinoyatlar uchun jazolar og‘irlashtiriladi / Foto: CPD

Giyohvandlik va narkojinoyatlar uchun jazolar og‘irlashtiriladi

Prezident 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan «Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar» farmonini imzoladi. Farmonga ko‘ra, ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida psixoaktiv moddalar tarqalishining oldini olish va narkomaniyaga nisbatan qat’iy munosabatni shakllantirish choralari amalga oshiriladi.

Foto: Angelina Katsanis / AFP via Getty Images

Nyu-York meri o‘zbek mantilarini tatib ko‘rishni tavsiya qildi

Nyu-Yorkning yangi meri Zohran Mamdani yosh jurnalistga Bruklindagi «Toshkent» restoraniga borib, manti tatib ko‘rishni tavsiya qildi. Suhbat lavhasi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi. Videoda jurnalist Mamdanidan uchta eng sevimli taomini aytib berishini so‘raydi.

Shuningdek