Avto

Yangilangan Jeep Wrangler avtomobilining narxi 20 ming dollarga arzonlashdi

Wrangler Moab 392’ning boshlang‘ich narxi $81 990 etib belgilangan
Jeep
Jeep Wrangler Moab 392 versiyasi / Foto: Jeep

Jeep kompaniyasi tomonidan 2026-yilgi Jeep Wrangler Moab 392 versiyasi taqdim etildi. Bu haqda Motor1 nashri xabar bermoqda. Yangi avtomobil avvalgidan ancha arzon bo‘lib, narx 20 ming dollarga pasaydi.

Wrangler Moab 392 470 ot kuchiga ega 6,4 litrli V8 dvigatel va 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Model 17 dyuymli maxsus g‘ildiraklar, Selec-Track 2,72:1 maxsus uzatmalar qutisi, ikki rejimli chiqarish tizimi va suvdan himoyalangan havo filtri bilan taqdim etilgan.

Foto: Jeep

Tashqi ko‘rinishda kuzov rangidagi qattiq tom, kengaytirilgan arka qoplamalari, qora tortish ilgaklari va mustahkam yon qadamlar bor. Salon charm bilan bezatilgan. Old o‘rindiqlar isitiladi. Alpine Premium audio tizimi va 12,3 dyuymli mediaekran o‘rnatilgan. Qo‘shimcha opsiyalar ichida elektrli yumshoq tom, WARN tortib chiqarish mexanizmi va ob-havoga chidamli pol qoplamalari mavjud.

2026-yilgi barcha Wrangler modellari endi eshiklarni yechishni osonlashtiradigan yangi ilgaklar tizimi bilan chiqadi.

Wrangler Moab 392’ning boshlang‘ich narxi $81 990 etib belgilangan. Bu avvalgi Wrangler 392 modelidan aniq $20 000 arzon. Buyurtmalar qabul qilinmoqda. Ishlab chiqarish yaqin haftalarda boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Tracker AQShda eng arzon avtomobillardan biri bo‘lgani haqida yozgan edi.