Yangilangan Samsung Galaxy S25 seriyasi sotuvga chiqdi

13-noyabr 2025 09:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S25 seriyasi
Foto: Consumer Reports

Samsung AQSh bozorida Galaxy S25 seriyasi flagmanlarining qayta tiklangan versiyalarini sotishni boshladi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Xaridorlar Galaxy S25, Galaxy S25 Plus va Galaxy S25 Ultra modellari uchun arzonroq narxlarda takliflarga ega bo‘ladi. Odatda qayta tiklangan flagmanlar keyingi avlod chiqqandan keyin sotuvga chiqariladi. Bu safar istisno qilingan.

Yangilangan modellarning narxlari quyidagicha:

ModelNarxi (USD)
Galaxy S25$709 dan
Galaxy S25 Plus$900 dan
Galaxy S25 Ultra$1109 dan
Galaxy Z Fold 6 (qayta tiklangan)$1429 dan

Bu taklif yangi smartfon xaridiga nisbatan $260 gacha tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, Samsung qayta tiklangan Galaxy Z Fold 6 modelini ham sotuvga chiqargan. Uning narxi $1,4 mingdan boshlanadi. Bu yangi modelga qaraganda $370 arzon.

Samsung kompaniyasining qayta tiklash dasturi juda qat’iy. Har bir smartfon servis markazlarida 147 ta sifat nazorati nuqtasi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tadi. Qurilmaga yangi original batareya o‘rnatiladi va unga yangi IMEI raqami beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung kompaniyasi yangi Samsung Galaxy A37 smartfoni ustida ishlayotgani tasdiqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek