AQSh Shveysariyaga qo‘yilgan bojlarni 39 foizdan 15 foizgacha kamaytiradi

Shveysariya hukumati AQSh Savdo vakili Jeymison Grir bilan uchrashuvdan so‘ng Tramp ma’muriyati Shveysariyadan keladigan tovarlar bo‘yicha boj stavkalarini pasaytirishini e’lon qildi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
AQSh Shveysariyadan import qilinadigan tovarlarga soladigan boj stavkasi 39% dan 15% gacha pasayadi. Bu boshqa mamlakatlarga solinadigan eng yuqori boj stavkalaridan biri edi. Shveysariyadan asosan qo‘l soatlari, ishlanmagan oltin va tibbiy uskuna import qilinadi. Oltin bojdan chiqarilgan bo‘lsa-da, qo‘l soatlari va tibbiy uskuna, shuningdek, boshqa Shveysariyaning eksport mahsulotlari amerikaliklar uchun arzonlashadi.
AQSh Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil AQSh Shveysariya bilan $38 mlrd.lik savdo salbiy balansga ega bo‘lgan. Grirning aytishicha, yangi kelishuv ushbu balansni kamaytirishga qaratilgan. Ma’lumot uchun, Trampning ikkinchi muddatidan oldin, Shveysariyadan keladigan tovarlarga odatda 0 – 2,5% oralig‘ida boj solinar edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveysariya olti oyda O‘zbekistondan 4,3 mlrd dollarlik oltin sotib olgani haqida yozgan edik.