Bitkoin narxi 97 ming dollardan pastga tushdi

eʼlon qilindi
Bozor likvidatsiyalari bir sutkada $463 mln ga yetdi
Foto: ValueWalk

O‘zbekiston vaqti bilan 15:58 holatiga ko‘ra (14-noyabr kuni) bitkoin UzNex birjasida $96 minggacha pastladi. Bu so‘nggibir necha hafta ichidagi eng past ko’rsatgich hisoblanadi.

Foto: UZNEX

Crypto.ru xabariga ko‘ra so‘nggi 24 soat ichida bozorda $463 mln likvidatsiya yuz berdi, shundan $342 mln uzun pozitsiyalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumotlariga ko‘ra ko‘pchilik treyderlar narx ko‘tariladi deb o‘ylagan, lekin keskin tushish ularni pozitsiyalarini yopishga majbur qilgan. Yirik fondlar foydasini oldindan olib qo‘ygani va kelayotgan investitsiyalar kamaygani bozor bosimini kuchaytirdi.

AQSh dollarining kuchayishi ham kriptovalyutalarga qiziqishni pasaytirdi. Tahlilchilar Coinbase birjasidagi farqning qisqarishi amerikalik xaridorlar faolligi kamayganini anglatishini aytmoqda. Shuningdek, dollar indeksining oshishi investorlarni xavfsizroq aktivlarga o‘tishga undadi.

Bozordagi tebranishlar fyuchers shartnomalarining yopilishi va yirik birjalar o‘rtasida pul harakatining ortishi sabab kuchaydi. Pulning bir qismi vaqtincha barqaror kriptovalyutalarga o‘tayotgani investorlar xavfsizroq variantlarni tanlayotganini ko‘rsatadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bitkoin iyun oyidan beri ilk bor $100 ming dollardan pastga tushgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek