BYD 13 ming dollarlik Seal 06 DM-i modelini taqdim etdi

14-noyabr 2025 15:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD
BYD Seal 06 DM-i / Foto: BYD

BYD 2026-yil uchun yangilangan BYD Seal 06 DM-i sedanini sotuvga chiqardi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Model ikki xil komplektatsiyada taklif etiladi. Narxlar $13,6 mingdan boshlanadi.

Yangi avtomobil Qin L platformasida yaratilgan. Old qismi yopiq panjaraga ega. Pastki qismda katta havo kirish kanali bor. Orqa qismi uzluksiz chiroqlar bilan jihozlangan. Yonlarida suv tomchisi shaklidagi markaziy chiroqlar joylashgan.

Foto: BYD

Salon «Ocean Family» uslubida ishlangan. Eshiklar va o‘rindiqlarda yumaloq chiziqlar ko‘p. Asboblar paneli to‘liq raqamli. Markazda 15,6 dyuymli sensor ekran bor. Vites tanlagichi aylana shaklida. Uning atrofida boshqaruv tugmalari joylashtirilgan.

Avtomobilning uzunligi 4830 mm. Kengligi 1875 mm. Balandligi 1495 mm. G‘ildiraklar bazasi 2790 mm.

Model 1,5 litrli dvigatel va elektromotordan iborat yangi avlod DM gibrid tizimiga ega. Dvigatel quvvati 74 kVt. Aylanish momenti 126 N·m. Elektromotor quvvati 218 ot kuchi. Toza elektr yurish masofasi 128 km.

Foto: BYD

O‘tgan yili chiqqan Seal 06 DM-i modeli 80 km va 120 km elektr zaxirasiga ega variantlarda chiqarilgan edi. Ammo Xitoyda PHEV modellari uchun soliq imtiyozi endi 100 km dan ortiq elektr masofasini talab qiladi. Shu sabab eski model ishlab chiqarishdan olinadi.

Yangi Seal 06 DM-i shu talablarga mos yangilangan versiya sifatida taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD yangi arzon furgonini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek