Chevrolet Cobalt Qozog‘iston avtomobil bozorida yetakchilikni saqlab qoldi

14-noyabr 2025 16:26 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Chevrolet Cobalt
Chevrolet Cobalt oktabrda Qozog‘iston bozori yetakchisiga aylandi / Rasm SI yordamida yaratilgan

Chevrolet Cobalt joriy yilning oktabr oyida Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oyda qozoqlar 1,9 ming dona yangi Cobalt xarid qilgan va bu model ketma-ket sakkizinchi oy milliy reytingda birinchi o‘rinni egallagan.

Chevrolet brendining umumiy savdolari oktabr oyida kamayganiga qaramay (o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan – 55,3%), Cobalt baribir talabni ushlab turmoqda.

Model mamlakatdagi eng mashhur avtomobillar ro‘yxatida doimiy ravishda yetakchilik qiladi. Oktabr yakuniga ko‘ra, u Hyundai Tucson (1,7 ming dona) va Kia Sportage (876 dona)dan oldinda.

Bozor mutaxassislarining aytishicha, Cobaltga barqaror talab uning arzon narxi, texnik xizmat ko‘rsatishdagi oddiylik va oilaviy hamda ishchi avtomobil segmentida keng tarqalganligi bilan izohlanadi.

2025-yilning o‘n oy yakunlariga ko‘ra, Chevrolet brendi 25,7 ming dona avtomobil sotib, (+16,6%) brendlar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bunda sotuvlarining katta qismi Cobalt va Onix modellari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Chevrolet Cobalt Qozog‘istonda arzonlashgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, Cobalt’ning ikkita modeli narxi 2025-yil noyabr oyida quyidagicha o‘zgargan:

  • Optimum at — $11,4 ming (avval – $13,3 ming);
  • Elegant at — $12,6 ming (avval – $13,7 ming).

Shunday qilib narxlar $1,1 mingdan $1,9 minggacha pasaydi. Bu Cobalt’ni Qozog‘istondagi eng arzon modellardan biriga aylantiradi.

Shuningdek