
Dam olish kunlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida ayrim banklar valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalarini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Quyida banklar ro‘yxati keltirilgan:
- Аgrobank
- Аpexbank
- Asia Alliance bank
- BRB
- Ipoteka bank
- Milliy bank
- Tenge bank
- Trastbank
- Hamkorbank
- Anor bank
- Asaka bank
- Garant bank
- Hayot bank
- InFin bank
- Saderot bank
- Universalbank
- Turon bank
- SQB
- Kapital bank
- Orient Finans bank
Shuningdek, «24/7» rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida valyuta ayirboshlash imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 17-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingan edi.