Farg‘ona viloyati va Turkiya o‘rtasida $679,5 millionlik kelishuvlar imzolandi

eʼlon qilindi
To‘qimachilik, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish, tibbiyot, turizm, fan va ta’lim yo‘nalishlarida
Farg‘ona viloyati va Turkiya o‘rtasida $679,5 millionlik kelishuvlar imzolandi / Foto: «Dunyo» AA

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiyaga amaliy tashrif bilan bordi va umumiy qiymati $679,5 mln bo‘lgan hamkorlik kelishuvlariga erishdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Safar davomida Istanbul, Kojaeli, Konya va Antaliya shaharlarida to‘qimachilik, tibbiyot, turizm, fan va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha 200 dan ortiq muzokaralar o‘tkazildi. Tashrif davomida turk ishbilarmon doiralari, erkin iqtisodiy hududlar va savdo-sanoat palatalari bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilandi.

Foto: «Dunyo» AA

Istanbul Savdo-sanoat palatasi bilan savdo aylanmasi, logistika va eksport infratuzilmasini rivojlantirish, Kojaeli va Gebze erkin sanoat hududlari bilan texnologiyalar va sanoat klasterlariga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya tajribasi asosida Toshkentda Malakani baholash markazi ochilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek