«Gubka Bob: To‘rtburchak shim izidan» yangi treyleri taqdim etildi

14-noyabr 2025 11:29 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Nickelodeon Animation Studios

Paramount Pictures mashhur Gubka Bob qahramoni haqidagi yangi to‘liq metrajli animatsion film – «Gubka Bob: To‘rtburchak shim izidan» kartinasining navbatdagi treylerini e’lon qildi. Filmning premyerasi 19-dekabrga belgilangan. Bu haqda Afisha Daily nashri xabar berdi.

Bu loyiha mashhur suv osti qahramoni haqidagi navbatdagi to‘rtinchi badiiy animatsion film bo‘ladi. 1999-yilda boshlagan original multserialdan beri Gubka Bob haqidagi kino hikoyalari tomoshabinlar orasida doimiy qiziqish uyg‘otib kelmoqda. Yangi syujetda Gubka Bob okean tubiga xavfli sayohatga otlanadi va u yerda original serialning mashhur antagonistlaridan biri uchar Gollandiy bilan to‘qnash keladi.

Gollandiyni bu safar Mark Hemill ovozlashtiradi. Avvalgi filmlarda bu rolni bajarib kelgan Brayan Doyl-Myurreyning o‘rniga shu ijrochi tanlangan. Filmda asosiy rollarga ovoz bergan aktyorlar o‘z tarkibini saqlab qolgan: Tom Kenni (Gubka Bob), Bill Fagerbakke (Patrik), Rodjer Bampass (Skvidvard), Klen­si Braun (Mister Krabs), Kerolin Lorens (Sendi) va Mister Lorens (Plankton). Shuningdek, bu safar aktyorlar safidan Jorj Lopes, Ice Spice, Arturo Kastro, Sherri Kola va Redjina Xoll ham o‘rin olgan.

Loyihaning rejissyori original multserial ustida ishlagan Derek Draymon. Yangi filmning asosiy farqlaridan biri vizual uslubdir. Kartina klassik 2D emas, balki 3D-grafika yordamida yaratilgan. Bu format «Gubka Bob qochmoqda» va «Gubka Bob 3D» filmlarida, shuningdek, yaqinda chiqqan Sendi va Plankton haqidagi spinofflarda ham qo‘llanilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pixar «O‘yinchoqlar tarixi 5» multfilmining tizerini taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek