Avto

Kia Tasman uchun to‘liq off-roаd tuning to‘plami taqdim etildi

Kia kelajakda gibrid va elektr versiyalarni ham taqdim etishni rejalashtirgan
Kia Tasman uchun ARB’dan to‘liq off-roаd tuning to‘plami taqdim etildi / Foto: ARB

Kia Tasman pikapi uchun Avstraliyaning ARB avtoatelyesi kengaytirilgan off-roаd tuning to‘plamini taqdim etdi. Bu haqda Carscoops ma’lum qildi.

Asosiy element — Summit MKII Bar bamperi bo‘lib, u standart old bamperni almashtiradi va radiator panjarasi, faralar hamda qanotlarni himoya qiladi. Unda LED tuman chiroqlari, kunduzgi yoritgichlar, burilish ko‘rsatkichlari va tortish ilgaklari mavjud. Yon tomonlarga po‘lat pog‘onalar va Summit Side Rails himoya duklari o‘rnatilgan.

Foto: ARB

Orqa qismda bir nechta uzunlik variantiga ega alyuminiy MITS Canopy qo‘llanilgan. Modelda orqa narvon, zaxira g‘ildirak uchun o‘rnatma va quyosh panellariga ega bagaj tizimi bor. Ishchi versiyalar uchun bukiladigan bortli alyuminiy platformalar taklif etiladi.

Foto: ARB

Sayohatchilar uchun modulcha qutilar, tortma oshxona, tomdagi chodirlar va tentlar mavjud. Yovvoyi yo‘llardan o‘tish qobiliyatini Old Man Emu 4×4 osma tizimi, kuchaytirilgan MT64 amortizatorlari va kuzov lift-komplekti oshiradi. Mashina off-roаd shinalar bilan jihozlanadi, kerak bo‘lsa lеbedka va kompressor ham o‘rnatiladi.

Foto: ARB
Foto: ARB

Texnik qism o‘zgarishsiz qoldi: 2,2 litrli turbodizel, 207 ot kuchi, 440 N·m moment, 8 pog‘onali avtomat transmissiya va 4WD tizimi. Kia kelajakda gibrid va elektr versiyalarni ham taqdim etishni rejalashtirgan.

Foto: ARB

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangilangan Kia Sportage avtomobili taqdim etilishi haqida xabar bergan edik.