Moliyaviy samaradorlik va avtomatlastirish keysi: HiveTech × AVO bank

eʼlon qilindi
Yangi Collection CRM tizimini ishga tushirishdan oldin AVO bank jamoasi jarayonlar, mantiq va ma’lumotlar nuqtai nazaridan qarzdor mijozning yo‘lini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi
Rasm: AVO bank

Bank sohasida raqamlar va algoritmlar katta ahamiyatga ega, lekin eng muhimi – ular ortida jarayonlarni to‘g‘ri tushunish turadi. Shu tamoyilga asoslanib, AVO bank o‘zining qarz undirish tizimini rasmiyatchilik uchun emas, balki haqiqiy natija uchun to‘liq auditdan o‘tkazishga qaror qildi.  

Bu jarayonda moliya sektorini raqamlashtirishiga ixtisoslashgan HiveTech kompaniyasi mustaqil ekspert sifatida ishtirok etdi. Maqsad faqat jarayonlarni tekshirish emas, balki ularga tirik organizm sifatida qarash edi. Ya’ni tizimning maksimal ishlashi qayerda-yu, samarasizlikka duch kelayotgan nuqtalari qayerdaligini aniqlash edi. 

Yangicha yondashuv 

Yangi Collection CRM tizimini ishga tushirishdan oldin AVO bank jamoasi jarayonlar, mantiq va ma’lumotlar nuqtai nazaridan qarzdor mijozning yo‘lini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. 

«HiveTech bilan o‘tkazilgan audit bizga rivojlanishning asosiy nuqtalarini ko‘rish va yaxshilanish bo‘yicha aniq yo‘l xaritasini ishlab chiqish imkonini berdi, – deydi AVO bankning risklar bo‘yicha direktori Rashid Laxlu. – Bu shunchaki hisobot emas, balki qarz undirish strategiyasini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradigan haqiqiy vosita. Bizning jamoa uchun bu «tizimni ta’mirlash» emas, balki uning nega aynan shunday ishlayotganini anglash va har bir texnologiya bankning moslashuvchan, ilg‘or va mijoz uchun qulay bo‘lish qobiliyatini kuchaytirishini bir yo‘li edi».

Jarayon ichida nimalar bor edi 

HiveTech auditi qarz undirish samaradorligiga ta’sir etuvchi barcha omillarni qamrab oldi: IT-infratuzilma va tizimlar o‘zaro hamkorligi, hisobot va tahlil jarayonlari, koll-markaz faoliyati va muloqot sifati. Shuningdek, xodimlarni o‘qitish va nazorat qilish jarayonlari, skiptrace – mijozlarning kontakt ma’lumotlarini izlash va yangilash jarayonlari ham o‘rganib chiqildi. 

Tadqiqot usullari jurnalistik surishtiruvni eslatdi: biznes-ounerlar bilan intervyu, skriptlar tahlili, «yashirin kuzatuvlar» va test qo‘ng‘iroqlar amalga oshirildi. 

«Biz faqat muammolarni qayd etish bilan cheklanmadik. Asosiy maqsadimiz — rivojlanish trayektoriyasini belgilab, bangga qaysi qadamlar ertaning o‘zida samara beradi, qaysilari esa strategik yondashuvni talab etadi, degan masalada aniq yo‘nalish berish edi», – deydi HiveTechning rivojlanish bo‘yicha direktori Djavlon Raxman-Zada.

Quick Winsdan strategiyaga 

Amalga oshirilgan ishlar natijasida qarz undirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Unda tez samara beradigan «Quick Wins» takliflari hamda bankning uzoq muddatli strategiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi fundamental islohotlar joy olgan.

Bu xarita AVO bank va HiveTech hamkorligida yaratilayotgan yangi Collection CRM tizimi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Keyingi bosqich 

Navbatdagi bosqichda Hard va Legal Collection yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Bu yerda qarz undirish tizimi nafaqat avtomatlashtirishni, balki yuridik aniqlikni ham talab qiladi. 

«Biz HiveTech bilan hamkorlikni davom ettirib, qarz undirish tizimini har bir bosqichda o‘lchanadigan, shaffof va to‘liq boshqariladigan darajaga yetkazishni maqsad qilganmiz», – deydi Rashid Laxlu. 

Kontekst 

AVO bank — O‘zbekistondagi raqamli banking bozorining faol ishtirokchilaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — faqat to‘laqonli onlayn mahsulotlar taklif etish emas, balki texnologiyalar va mijoz qulayligini uyg‘unlashtirgan zamonaviy moliyaviy servis yaratishdir. 

HiveTechIT Park Uzbekistan rezidenti, moliya sektoridagi biznes jarayonlarni avtomatlashtirishga ixtisoslashgan IT-kompaniya. Uning Hive Platform nomli low-code konstruktori orqali turli darajadagi murakkab IT tizimlarni tez va oson yaratish mumkin.

Reklama huquqlari asosida

Shuningdek