Yangiliklar

«Oq ko‘prik» stansiyasida yangi temir yo‘l foydalanishga topshirildi

Temir yo‘l uzunligi bir kilometrni tashkil qiladi
«Oq ko‘prik» stansiyasida yangi temir yo‘l foydalanishga topshirildi / Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

«Oq ko‘prik» stansiyasida yangi 10-sonli temir yo‘l foydalanishga topshirildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uzunligi bir kilometr bo‘lgan yo‘l noyabr oyining birinchi o‘n kunligida qurilishi boshlanib, bugun ishga tushirildi. Marosimda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi o‘rinbosari A.Kamiljonov, «Qazaqstan temir jo‘li» Milliy kompaniyasi delegatsiyasi, «Temiryo‘linfratuzilma» AJ rahbariyati va stansiya boshliqlari ishtirok etdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/11/img_0961.mp4
Video: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

Ayni shu kuniyoq yangi yo‘lga Qozog‘iston tomondan birinchi yuk poyezdi qabul qilindi. Mazkur yo‘l stansiya orqali yuk tashishni tezlashtirish va mintaqalararo temir yo‘l aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 – 2030-yillarda 151 km yangi temir yo‘l qurilishi haqida xabar bergan edik.