
O‘zbekiston terma jamoasi «Al Ain International Cup» musobaqasida Misr termasini ishonchli tarzda mag‘lub etib, turnir finaliga yo‘l oldi. Oston O‘runov dubl qayd etib uchrashuv qahramoni bo‘ldi.

«Hazza Bin Zayd» stadionida O‘zbekiston va Misr terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuv boshidanoq faol o‘yin namoyish etgan O‘zbekiston termasi tezkor qarshi hujumlari bilan raqib himoyachilariga jiddiy bosim o‘tkazdi.
O‘yinning 4-daqiqasidayoq Oston O‘runov raqib himoyachilari qurshovida bo‘lishiga qaramay, o‘zining individual mahorati va texnikasi evaziga ajoyib gol urdi. Bu gol uchrashuv sur’atini yanada keskinlashtirdi.
Birinchi taym yakunlanishiga yaqin, 43-daqiqada Otabek Shukurovning aniq uzatmadan so‘ng O‘runov yana o‘z nomiga gol yozdirib, dublga erishdi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
G‘alaba O‘zbekiston terma jamoasiga turnir finaliga yo‘l ochdi. Hal qiluvchi bahsda vakillarimiz Kabo-Verdeni mag‘lub etgan Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan xalqaro o‘rtoqlik turnirida O‘zbekiston va Misr bahs olib borishi haqida xabar bergan edi.