Yangiliklar

O‘zbekistondagi 26 logistika markazi quruqlik porti maqomini oldi

Bular orasida Termiz logistika markazi ham bor
логистика
Foto: Unsplash

BMTning ESCAP qo‘mitasi yig‘ilishida O‘zbekistondagi 26 ta transport-logistika markaziga quruqlik porti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur ro‘yxatga Navoi Cargo, Nukus logistika markazi, Multimodal Trans Terminal hamda Termiz logistika markazi kabi yirik mahalliy hublar kiritildi.

Quruqlik portlari yuklarni qabul qilish, qayta ishlash, vaqtincha saqlash hamda zarurat bo‘lsa bojxona ko‘rigi va rasmiylashtirish imkonini beradigan logistika majmualaridir. Odatda bunday markazlar dengiz portlari yaqinida joylashadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021-yilda quruqlik portilar to‘g‘risidagi kelishuvga qo‘shilgan. Hujjat Rossiya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, 2013-yilda Bangkokda imzolangan. Uni Bangladesh, Hindiston, Qozog‘iston va Janubiy Koreya kabi davlatlar ratifikatsiya qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy Osiyo Yevrosiyoning asosiy logistika markazlaridan biriga aylanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.