Qasim-Jomart Toqayev Toshkentda qanday kutib olindi — foto, video
eʼlon qilindi
Mehmon sharafiga O‘zbekiston va Qozog‘iston bayroqlari ko‘tarilgan

Toshkentda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mehmon sharafiga O‘zbekiston va Qozog‘iston bayroqlari ko‘tarilgan. Faxriy qorovul saf tortib, harbiy orkestr ikkala davlat madhiyasini ijro etdi.

Prezidentlar Qasim-Jomart Toqayev va Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul safidan o‘tib, delegatsiya a’zolari bilan salomlashdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.




Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri MO davlatlari rahbarlari Toshkentda mintaqaviy hamkorlik va qo‘shma loyihalar masalasida yig‘ilishi haqida yozgan edi.