Ronaldu «qizil» olgan o‘yinda Portugaliya yutqazdi

14-noyabr 2025 11:56 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: sports.ru

Krishtianu Ronaldu Irlandiyaga qarshi bahsda to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Portugaliya 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda sports.ru xabar berdi.

13-noyabr kuni Jahon chempionatiga saralash bosqichida Portugaliya Irlandiya mehmoni bo‘ldi. Mezbonlar futbolchisi Perrot uchrashuvning 17 va 45-daqiqasida darvozani ikki marta ishg‘ol qildi. Hisobda ortda borayotgan Ronaldu jarima maydoni ichida raqib futbolchisiga tirsak bilan zarba bergani uchun sariq kartochka oldi.

Ammo uchrashuv hakami VAR orqali qarorini o‘zgartirib, futbolchini maydondan chetlatdi. Ronaldu maydonni tark etayotib, irlandiyaliklar murabbiyi Xeymir Xadlgrimson bilan gaplashdi.

Foto: sports.ru

«Krishtianu menga bu yerda u boshliq ekanligini aytdi. Meni chiqarib yuborishganidan xursandmisan, deb so‘radi. Men, albatta xursandman, deb javob berdim. Axir Portugaliyaning eng zo‘r o‘yinchisi maydonni tark etayapti. Ammo bunga mening hech qanday aloqam yo‘q, hammasi o‘zining aybi», – dedi Irlandiya bosh murabbiyi.

Bu Ronaldu uchun terma jamoa tarkibida birinchi qizil kartochka bo‘ldi. U faoliyati davomida turli klublar safida 13 marta maydondan chetlatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ronaldu katta intervyu bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek