Yangiliklar

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza etishda hamkorlik qiladi

Prezidentning «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza etishda hamkorlik qiladi
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza etishda hamkorlik qiladi / Foto: depositphotos

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza etishda hamkorlik qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim 2024-yil 4-iyul kuni Ostonadagi yig‘ilishda imzolangandi. Prezident qarori bilan esa bu bitim rasman tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu bitimni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirlik hamda idoralar shartnoma kuchga kirganidan so‘ng uning talablarining bajarilishini nazorat qiladi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza etish ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgani xabar qilingandi. Unda tabiatni muhofaza qilish, atmosfera havosini yaxshilash, yashil hududlarni rivojlantirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha loyihalarni markazlashgan tarzda moliyalashtirish va amalga oshirish taklif etildi.