Surxondaryoda 60 dan ziyod sobiq o‘qituvchiga 373 mln so‘m kompensatsiya to‘lab berildi

eʼlon qilindi
Yana bir o‘qituvchiga asossiz to‘lanmay kelgan 20% ustama qayta hisoblab berildi
O‘zbekistonda super-kontrakt bekor qilinmadi, balki tartibi o‘zgardi — vazirlik
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida mehnat huquqlari buzilgan 66 nafar sobiq o‘qituvchiga jami 373,8 mln so‘m kompensatsiya to‘lab berildi. Bu haqida Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tuman adliya bo‘limi o‘tkazgan tekshiruv davomida maktablarda faoliyat yuritgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (ChQBT) rahbarlariga ishdan bo‘shatilganida berilishi shart bo‘lgan nafaqalar umuman to‘lanmagani aniqlangan. Bu bilan Mehnat kodeksining tegishli normalari buzilgani qayd etildi.

O‘rganishlar natijasida o‘qituvchilarga to‘lanmay qolgan mablag‘lar 373,89 mln so‘mni tashkil etgani ma’lum bo‘ldi. Adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritilgach, barcha 66 nafar sobiq rahbarlarga kompensatsiyalar to‘liq undirib berildi.

Shuningdek, Namangan viloyati Chortoq tumanida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Qo‘chqorovga 2022–2023-o‘quv yili va 2025-yildan beri asossiz to‘lanmay kelgan 20% ustama qayta hisoblab berildi. Natijada unga 17,6 mln so‘m ish haqi undirildi.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonlik o‘qituvchilarning qariyb 95 foizi o‘z ishidan mamnunligi haqida yozgandi.

Shuningdek