Avto

Xiaomi SU7 2026 yangilangan ko‘rinishda ilk bor namoyon bo‘ldi

Prototip old qismning yangi shakli va qayta ishlangan havo olish bo‘limi bilan farq qiladi
Xiaomi
Foto: CarNewsChina

Xiaomi SU7 2026 yangilangan ko‘rinishda ilk bor namoyon bo‘ldi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Prototip old qismning yangi shakli va qayta ishlangan havo olish bo‘limi bilan farq qiladi. Avvalroq SU7 Ultra uslubidagi vertikal panjara qo‘llanishi mumkinligi aytilgandi. Bu yechim aerodinamikaning samaradorligini oshirishi kutilmoqda.

Yangi versiya Kirin’ning ikkinchi avlod akkumulyatori bilan jihozlanishi aytilmoqda. Bu batareya CLTC sikli bo‘yicha 800 km.dan ortiq masofani bosib o‘tishga imkon beradi. Shuningdek, 900 voltli arxitektura, Thor-U tizimli yangi chipset, ikki kamerali pnevmopodveska va lazerli radar o‘rnatilishi kutilmoqda. Biroq kuch qurilmasi o‘zgarishsiz qolishi, asosiy modernizatsiya esa elektronika va shassi boshqaruvi tomonida bo‘lishi aytilmoqda.

Foto: CarNewsChina

Xiaomi SU7 ilk bor bozorda 2024-yilda paydo bo‘lgan edi. Kelgusi yilda modelning ikki yilligi nishonlanadi. Xitoy avtomobil bozorida ikki yil yangilanish uchun katta muddat sanaladi. Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar har yili yangilangan versiyalarni taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangilangan Xiaomi SU7 elektromobili 2026-yilda taqdim etilishi kutilayotgani haqida yozgan edi.