Yangiliklar

Ko‘ksaroyda Qasim-Jomart Toqayevga «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni topshirildi

Davlat rahbariga ko‘ra, ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarildi
Ko‘ksaroyda Qasim-Jomart Toqayevga «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni topshirildi
Ko‘ksaroyda Qasim-Jomart Toqayevga «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni topshirildi / Foto: prezident matbuot xizmati

Ko‘ksaroyda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga O‘zbekistonning oliy davlat mukofoti — «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni topshirildi.

Marosimda Shavkat Mirziyoyev Toqayevning O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik hamkorlik va ittifoqchilikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasini alohida ta’kidladi.

Unga ko‘ra, ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarildi. Parlamentlar, hukumatlar, hududlar, biznes va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlik faollashgan. Madaniy almashinuvlar ham tobora kengaymoqda.

Savdo hajmi izchil oshmoqda, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va transport sohalarida yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Toqayevning mintaqaviy va global miqyosda tinchlik, barqarorlik va ishonchni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlari e’tirof etildi. Qozog‘iston rahbari mukofot uchun minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va ittifoqchilik yanada kuchayishiga ishonch bildirdi.

Avvalroq Toshkentda «Markaziy Osiyo» sanoat kooperatsiyasi markazi ishga tushirilgani xabar berilgandi.