Yangiliklar

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo hajmi 15 foizga oshdi

Avtomobilsozlik, energetika, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalar jadal rivojlanmoqda
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo hajmi 15 foizga oshdi
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo hajmi 15 foizga oshdi / Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo hajmi 15 foizga oshdi. Bu haqda 15-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekistonga tashrif buyurgan Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev uchrashuvida ma’lum qilindi.

Suhbat avvalida Ilhom Aliyev Maslahat uchrashuviga taklif uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Uchrashuvda iyul oyidagi davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirda barcha darajalarda faol hamkorlik davom etmoqda. Joriy yil boshidan O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 15 foizga o‘sgan. Avtomobilsozlik, energetika, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalar jadal rivojlanmoqda.

Yetakchilar yaqin kelajakdagi yuqori darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.

Avvalroq Toshkentda «Markaziy Osiyo» sanoat kooperatsiyasi markazi ishga tushirilgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.