Qishda vodiydagi metan «zapravka»larga gaz ko‘chma konteynerlarda yetkazib beriladi

eʼlon qilindi
Loyiha uchun Xitoyning uch yirik kompaniyasi bilan shartnomalar imzolangan
Vodiydagi metan «zapravka»larni gaz bilan ta’minlashda ko‘chma konteynerlar tizimi yo‘lga qo‘yiladi / Foto: Energetika vazirligi

Energetika vazirligi va «O‘zbekneftgaz» tomonidan tabiiy gazni ko‘chma konteynerlarda tashish bo‘yicha pilot loyiha boshlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Xitoyning uch yirik kompaniyasi bilan kompressor stansiyasi qurish, 150 ta konteyner va maxsus avtomashinalarni olib kelish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Loyihaning asosiy maqsadi Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi zapravkalarni qishda barqaror gaz bilan ta’minlash. Bu eng avvalo ijtimoiy obyektlar va aholining yengil avtomobillariga uzluksiz xizmat ko‘rsatishga yordam beradi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, bir dona konteyner olti ming kub metr gaz sig‘dira oladi va o‘rtacha 300 ta yengil avtomobilga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Umumiy hisobda bir kunda 15 mingtagacha avtomobilga gaz to‘ldirish imkoniyati yaratiladi.

Avvalroq O‘zbekistondagi metan «zapravkalar»da UGaz tizimi ishga tushirilgani xabar qilingandi. Yangi tizim yordamida AGTKSH (avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari) faoliyati real vaqt rejimida nazorat qilinadi. 

Shuningdek