
Yandex Maps platformasining soat 17:57 dagi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda yetti balli tirbandlik yuzaga kelgan.
Yuqori darajadagi tirbandlik asosan Abdulla Qodiriy, Alisher Navoiy, Furqat, Nurafshon va Zarqaynar ko‘chalarida qayd etilgan. Umuman, poytaxtning deyarli barcha markaziy ko‘chalarida tirbandliklar ko‘p. Yo‘llarda yo‘l-transport hodisalari ham sodir bo‘lgan.

Yandex Go taksi ilovalari ham harakat ishtirokchilarga jamoat transportidan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Avvalroq joriy yilning 15-noyabridan boshlab 194-sonli yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi. Bunda avtobuslar Toshkent shahrining Janubiy vokzalidan Toshkent viloyati Niyozboshi mahallasigacha yetib boradi. Yo‘nalishda Mercedes-Benz LF avtobuslari harakatlanadi. Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur chora-tadbirlar tirbandlikni kamaytirish va Toshkent viloyatining yondosh hududlarini poytaxt bilan bog‘lash maqsadida amalga oshirilmoqda.