Yangiliklar

Toshkentda «Markaziy Osiyo» sanoat kooperatsiyasi markazi ishga tushirildi

Shuningdek, «Tenge Bank»ning yangi bosh ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Toshkentda «Markaziy Osiyo» sanoat kooperatsiyasi markazi ishga tushirildi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkentda «Markaziy Osiyo» sanoat kooperatsiyasi markazi ishga tushirildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

Marosimda «Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi, shuningdek, «Tenge Bank»ning yangi bosh ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, Silkway Central Asia logistika markazi, alkilbenzol ishlab chiqarish quvvatlari, Yangi Toshkentdagi «Ostona» mavzesi hamda Toshkent va Astanadagi yangi mehmonxona majmualari qurilishi boshlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish bo‘yicha bitim imzoladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish bo‘yicha bitim imzoladi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi doirasida transchegaraviy suv obyektlarini birgalikda boshqarish bo‘yicha bitim imzolandi.

Bundan tashqari, uchrashuvda yangi transport yo‘laklarini ochish, jumladan «Uchquduq – Qizilo‘rda» yo‘nalishini yaratish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Aqtau, Quriq va Xorgos portlarida yuk tashishni ko‘paytirish ustida birga ishlash zarurligi aytildi.

Shuningdek, fan, ta’lim va yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi almashinuvlar davom ettiriladi. Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi qo‘shma dasturlar kengaytiriladi.

Bundan tashqari, qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish, ikki xalqning tarixiy maskanlari va boy madaniy merosini keng targ‘ib qilish muhim ekani ta’kidlandi.

Avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.