
2025-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 22 100 nafarga yetdi. Ularning eng ko‘p qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi, deya ma’lum qilmoqda Milliy statistika qo‘mitasi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p hunarmandlar quyidagicha taqsimlangan:
- Toshkent shahri – 2 964 ta
- Farg‘ona viloyati – 2 743 ta
- Samarqand viloyati – 2 179 ta
- Andijon viloyati – 2 058 ta
- Namangan viloyati – 2 024 ta
- Xorazm viloyati – 1 982 ta
- Toshkent viloyati – 1 731 ta
- Buxoro viloyati – 1 434 ta
- Qashqadaryo viloyati – 1 427 ta
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 981 ta
- Jizzax viloyati – 923 ta
- Surxondaryo viloyati – 786 ta
- Sirdaryo viloyati – 449 ta
- Navoiy viloyati – 419 ta
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 22 100 nafarga yetgan. Hududlar kesimida eng ko‘p hunarmandlar Toshkent shahrida — 2 964 nafar, Farg‘ona viloyatida — 2 743 nafar va Samarqand viloyatida — 2 179 nafarni tashkil etadi.
Aksincha, hunarmandlar soni eng kam qayd etilgan hududlar Navoiy viloyati — 419 nafar, Sirdaryo viloyati — 449 nafar va Surxondaryo viloyati — 786 nafarni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda kashtachilik maktab-ustaxonasi ochilgani haqida xabar bergan edik.