Yangiliklar

O‘zbekistonda eng ko‘p chet el korxonalari Xitoy sarmoyasi bilan ochilgan — statistika

2025 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra
Xitoy bilan vizasiz rejim
O‘zbekistonda eng ko‘p chet el korxonalari Xitoy sarmoyasi bilan ochilgan — statistika / Foto: Facebook

O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 595 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning eng ko‘pi Xitoy investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan, deya ma’lum qilmoqda Milliy statistika qo‘mitasi.

Unga ko‘ra, mazkur korxonalardan 4 204 tasi qo‘shma, 13 391 tasi esa to‘liq xorijiy korxonalar hisoblanadi. So‘nggi 5 yil ichida bu ko‘rsatkich 1,9 barobarga oshgan.

O‘zbekistonning chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalari soni bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinda bo‘lib, 4 731 ta korxonani tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarni Rossiya (3 177 ta), Turkiya (2 090 ta) va Qozog‘iston (1 185 ta) egallagan.

Shuningdek, Janubiy Koreya 683 ta, Afg‘oniston 636 ta, BAA 396 ta, Tojikiston 379 ta, Hindiston 356 ta va AQSh 328 ta korxona bilan O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar taqsimoti shunday: eng ko‘p korxonalar savdo sohasida faoliyat yuritib, ularning soni 6 286 tani tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarni sanoat (3 647 ta), qurilish (1 358 ta) va axborot va aloqa (1 354 ta) sohalari egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakatda hunarmandlar soni bo‘yicha yetakchi hududlar ma’lum qilingan edi.