Samsung Galaxy S26 seriyasi og‘irligi va xususiyatlari ma’lum bo‘ldi

16-noyabr 2025 16:34 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 seriyasi og‘irligi va xususiyatlari ma’lum bo‘ldi / Foto: Samsung

Samsung Galaxy S26 flagmanlarining kelajakdagi uchta modelining og‘irligi haqida ma’lumotni oshkor qililindi. Ice Universe Samsung Galaxy S26 bilan iPhone 17 seriyasini solishtirdi.

Model darajasiGalaxy S26 seriyasiiPhone 17 seriyasiFarq (iPhone – Galaxy)
Asosiy modelGalaxy S26iPhone 17
– Og‘irligi164 g177 g+13 g
– Qalinligi6.9 mm7.95 mm+1.05 mm
Plus/Pro modelGalaxy S26+iPhone 17 Pro
– Og‘irligi191 g204 g+13 g
– Qalinligi7.3 mm8.75 mm+1.45 mm
Ultra/Pro MaxGalaxy S26 UltraiPhone 17 Pro Max
– Og‘irligi214 g231 g+17 g
– Qalinligi7.9 mm8.75 mm+0.85 mm

Galaxy S26 modeli 164 gramm, Galaxy S26 Plus — 191 gramm, Galaxy S26 Ultra — 214 gramm bo‘lishi kutilmoqda. Jadvalga ko‘ra, barcha yangi flagmanlar iPhone 17 modellari bilan solishtirganda yupqa va yengil bo‘ladi. Eng katta farq iPhone 17 Pro Max va Galaxy S26 Ultra o‘rtasida kuzatilgan.

Galaxy S26 oilasining taqdimoti yanvar oxirida, sotuvlar esa 2026-yil fevral oyida boshlanadi. Qurilmalarga Exynos 2600 va Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipli tizimlari o‘rnatiladi. Ice Universe manbalariga ko‘ra, yangi flagmanlar ilg‘or ekran va kamera texnologiyalari bilan jihozlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy Tab A11+ planshetining xususiyatlari va narxlari e’lon qilingan edi.

Shuningdek