2026-yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar firma nomiga ega bo‘lishiga ruxsat beriladi

eʼlon qilindi
Tadbirkor ma’lumotlari o‘zgarganda litsenziya va ruxsatnomalarga bunday o‘zgarishlar avtomatik tarzda kiritiladi
2026-yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar firma nomiga ega bo‘lishiga ruxsat beriladi
2026-yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar firma nomiga ega bo‘lishiga ruxsat beriladi / Foto: ijtimoiy tarmoq

2026-yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomidan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bu o‘zgarish tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yuritishni sezilarli darajada yengillashtirishni maqsad qilgan yangi prezident farmonida belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili joriy etiladi. Endi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tayotganda bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi:

  • elektron imzo olish,
  • bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish,
  • ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma uchun ariza yuborish,
  • ko‘chmas mulk ijarasini rasmiylashtirish,
  • qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi guvohnomasini olish;
  • onlayn nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish.

Shuningdek, tadbirkor tanlagan xizmatlar uchun yagona QR-kod orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

2026-yildan YATTlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi, tadbirkorlarning birlamchi ma’lumotlari o‘zgarganda litsenziya va ruxsatnomalarga bunday o‘zgarishlar avtomatik tarzda bepul kiritiladi.

2026-yil 1-martdan esa litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llanilganda, ularning mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi.

Adliya vazirligiga farmondan kelib chiqadigan o‘zgarish va qo‘shimchalarni qonunchilik hujjatlariga kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun ikki oy vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-dekabrdan tadbirkorlarga qo‘shimcha kafolat va kafilliklar beriladi. Yirik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mgacha, ayrim hollarda undan ortiq miqdorda kafolatlar taqdim etiladi. Yaxshi kredit tarixiga ega tadbirkorlarga esa mavjud limit 1,5 baravargacha oshiriladi.

Shuningdek