Apple 634 mln dollar jarima to‘laydi

eʼlon qilindi
AQSh sudi Apple’ni Masimo patentini buzganlikda aybladi
Apple
Foto: Depositphotos

Kaliforniya federal sudi Apple Masimo kompaniyasiga $634 mln kompensatsiya to‘lashini belgiladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple Watch’dagi mashg‘ulot rejimi va yurak urishi bo‘yicha ogohlantirish funksiyalari Masimo patentini buzgan. Apple esa qarorga e’tiroz bildirib, apellyatsiya berishini ma’lum qildi.

«Innovatsiyalarimizni himoya qilishdagi muhim g‘alaba», – deya qayd etgan Masimo vakillari.

Foto: Reuters

Patent mojarosi Apple va Masimo o‘rtasida 2023-yildan buyon davom etib keladi. Masimo Apple’ni o‘z xodimlarini yollaganlikda va texnologiyasini Apple Watch uchun o‘zlashtirganlikda ayblagan. Mojaro sabab AQSh Savdo tribunali Apple Watch Series 9 va Ultra 2 importini taqiqladi.

Shundan so‘ng Apple soatdagi qon kislorodi darajasini o‘lchash funksiyasini olib tashlab, AQSh Bojxona-xavfsizlik xizmati roziligi bilan yangilangan versiyani taqdim etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tim Kuk 2026-yilda Apple bosh direktori lavozimidan ketishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek