
BMW X5’ning yangi G65 prototipi suratlari oshkor bo‘ldi. Bu haqda Carscoops ma’lum qildi.
Avvalgi test modellardan farqi — seriyali old va orqa faralar, ular krossoverning ko‘rinishini aniqroq ko‘rsatadi. Old faralar iX3’ga o‘xshash, orqa faralar esa yangi yorug‘lik naqshini olgan.

BMW rahbari Oliver Tsipse ma’lum qilganidek, yangi X5 kelasi yilda taqdim etiladi. Model besh turdagi dvigatel variantlarini oladi: benzinli, dizel, ulanadigan gidrid, to‘liq elektr va vodorodli (2028-yildan bozorga chiqadi). 2027-yilga qadar BMW X5 M va Alpina B7 versiyalari ham rejalashtirilgan. Krossover yangilangan CLAR platformasida ishlab chiqariladi.

Ichki dizayn ham yangilanadi: Panoramik iDrive displey butun panel bo‘ylab cho‘zilib, uch hududga bo‘lingan va moslashuvchan sozlamalarga ega. Rul g‘ildiragi ikki rangli tikuv va mexanik tugmalar bilan jihozlangan. Markaziy displey esa Operating System X asosida ishlaydi va kengaytirilgan shaxsiy sozlamalar, haydovchiga yordam tizimlari hamda neyron tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMW iX3 M Sport Package Pro 2026 taqdim etilgan edi.

