Sport

Islom Maxachev chempionlik jangidan qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi

UFC jangchisi turnirdan $3,3 mln daromad oldi
Foto: BBC

Nyu-Yorkda o‘tgan UFC 322 turnirida Islom Maxachev Jek Della Maddalenaga qarshi jang qildi. Rossiyalik jangchi musobaqadan $3,332 mln ishlab topgan.

Maxachev jang uchun $800 ming, homiylikdan $32 ming va pullik translyatsiyalardan $2,5 mln olgan. Avstraliyalik Jek Della Maddalena esa jangga chiqish uchun $750 ming, homiylar orqali $42 ming va translyatsiyalardan $1,2 mln ishlab topdi.

Foto: Athlon Sports

Jangdan so‘ng u: «Bu mening orzum edi, nihoyat bunga erishdim. Bu kamarlar og‘ir, lekin menga yoqadi», — deya ta’kidladi.

Maxachev ilgari 2022-yil oktabrdan 2025-yil mayigacha yengil vazn kamari sohibi bo‘lib kelgan. 2025-yil 14-may kuni u bu kamarni bo‘shatib, yuqori vazn toifasiga o‘tganini e’lon qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Maxachev UFC’da ikki turli vazn toifasida chempionlikka erishgan birinchi rossiyalik jangchi bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Habib Nurmagomedov Toshkentda o‘zbekistonlik sportchilar bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi.