Yangiliklar

Kattaqo‘rg‘onda noqonuniy oltin savdosiga chek qo‘yildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atil
Qashqadaryoda noqonuniy oltin savdosiga chek qo‘yildi / Foto: DXX matbuot xizmati

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida noqonuniy oltin savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Navoiy va Samarqand viloyatlarida yashovchi 1982, 1984 va 1996-yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqaro 472 grammli, 994 asillikdagi oltin quymalarni 737 ml so‘mga sotishga kelishib, xaridordan 500 mln so‘m olayotganida ushlandi. Oltinning umumiy qiymati 740,4 mln so‘m deb baholangan.

Ushbu shaxslarga Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ma’lum bo‘lishicha, gumondorlardan ikki nafari avval ham sudlangan bo‘lib, ulardan biri hozirda axloq tuzatish ishlari jazoni o‘tash jarayonida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hududlarda qo‘lbola tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo‘yilgan edi.