
O‘zbek oshxonasining eng mashhur taomlaridan biri — chuchvara uy sharoitida tayyorlanganida yanada mazali bo‘ladi. Xamiri yupqa, ichligi shirador bo‘lgan chuchvara sovuq kunlarda ham, bayram dasturxonlarida ham alohida o‘rin tutadi. Quyidagi Kursiv Uzbekistan retsepti yordamida siz ham haqiqiy uy ta’mini yaratishingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar
| Bo‘lim | Mahsulot | Miqdor |
|---|---|---|
| Xamiriga | Un | 400 g |
| Tuxum | 1 dona | |
| Iliq suv | 170 ml | |
| Tuz | 1 choy qoshiq | |
| O‘simlik yog‘i | 2 osh qoshiq | |
| Asosiga | Mol go‘shti qiymasi | 400 g |
| Piyoz | 2–3 dona | |
| Tuz, murch, zira | Ta’bga ko‘ra | |
| O‘simlik yog‘i (qovurish uchun) | Kerakli miqdor | |
| Ustiga | Piyoz | 1 bosh |
| Pomidor pastasi | 1 osh qoshiq | |
| Ko‘katlar | Ta’bga ko‘ra |
Tayyorlash jarayoni
1. Xamirni qorish
Iliq suvga tuz solib aralashtiring. Unning o‘rtasiga tuxum va suvni quying. Yaxshi qorilgan, o‘rtacha qattiqlikdagi xamir hosil bo‘ladi. Xamirga ikki osh qoshiq yog‘ surting va ustini yopib, yarim soat damga qoldiring.
2. Ichlik tayyorlash
Piyozni mayda to‘rtburchak qilib to‘g‘rang va yog‘da qovuring. Idishga qiyma soling, ustidan qovurilgan piyozni qo‘shing, tuz, murch va ziravorlar bilan aralashtiring.
3. Xamirni yoyish
Tindirilgan xamirni o‘qlov yordamida juda yupqa qilib yoying. Xamir qancha yupqa bo‘lsa, chuchvara shuncha mazali bo‘ladi.
4. Kesish va tugish
Yoyilgan xamirni 3.5×3.5 sm kattalikdagi kvadratlarga bo‘ling. Har biriga yarim choy qoshiq qiyma soling va chuchvarani shakl berib tuging.
5. Qaynatish
Tugilgan chuchvaralarni biroz un sepilgan patnisga terib chiqing. Qaynayotgan sho‘r suvga tashlab, bir daqiqa davomida qaynatib oling.
6. Usti uchun sous
Piyozni mayda parrak qilib qovuring. Ustidan pomidor pastasini solib, 2–3 daqiqa dimlang.
7. Dasturxonga tortish
Qaynatilgan chuchvaralarni likopchaga soling. Ustiga qovurilgan piyozli sous, smetana yoki ko‘katlar bilan bezatib xizmat qiling. Yoqimli ishtaha!