Avto

Xitoy avtobozorida BYD yetakchi, Volkswagen va Toyota kuchli uchlikda — reyting

«Китайские автомобили» nashri reyting tuzdi
Oktabr oyida Xitoy bozorida eng ko‘p sotilgan avtomobillar qaysi / Foto: Sun‘iy intellekt

2025-yilning oktabr oyida Xitoyda eng ko‘p sotilgan avtobrend 256 ming dona sotuv bilan BYD bo‘ldi. Volkswagen va Toyota an’anaviy ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi, deya xabar bermoqda «Китайские автомобили» nashri.

Foto: BYD

To‘rtinchi o‘rinni tez o‘sayotgan Geely Galaxy subbrendi egalladi. Top – 5’ga Wuling ham kirdi. Top – 10 ga shuningdek Geely, HIMA, Leapmotor, Nissan va Honda kirgan.

O‘rinBrendSotuv hajmi
1BYD255 994
2Volkswagen166 500
3Toyota142 913
4Geely Galaxy119 319
5Wuling118 635
6Geely90 304
7HIMA68 216
8Leapmotor63 724
9Nissan61 007
10Honda58 889
Foto: Geely

Model bo‘yicha eng ko‘p sotilgan avtomobil elektr Wuling Hongguang Mini EV bo‘ldi (61,5 ming dona), ikkinchi o‘rinda Geely Xingyuan (44,2 ming), uchinchi o‘rinda BYD Qin Plus turibdi. Oktabr oyining sensatsiyasi Xiaomi YU7 krossoveri bo‘lib, 33,6 ming dona sotildi va Tesla Model Y’ni ortda qoldirdi.

Foto: Wuling
O‘rinModelSotuv hajmi
1Wuling Hongguang Mini EV61 506
2Geely Xingyuan44 239
3BYD Qin Plus35 338
4Nissan Sylphy33 903
5Xiaomi YU733 662
6Geely Atlas32 942
7BYD Sealion 0626 011
8Volkswagen Sagitar25 038
9BYD Seagull24 706
10Toyota Rav424 213
11Volkswagen Lavida22 422
12Geely Monjaro21 704
13Changan Lumin20 520
14Fang Cheng Bao Ti720 024
15BYD Yuan Up19 488
16Tesla Model Y19 488
17Toyota Camry19 303
18Volkswagen Tiguan L19 230
19Haval Dargo18 875
20BYD Qin L18 855
Foto: Xiaomi

Shuningdek, eng mashhur o‘nta model ro‘yxatidan Geely Atlas IV, BYD Sealion 06, Volkswagen Sagitar, BYD Seagull va Toyota Rav4 o‘rin oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMW X5 2027 prototipi haqida yozgan edik.