Lifestyle

O‘zbekistonlik bloger Uill Smitga chopon sovg‘a qildi

O‘zbekistonlik bloger Saidaazim Rizaev
Foto: Blogerning Instagram sahifasidan olindi

O‘zbekistonlik bloger Saidaazim Rizaev mashhur aktyor Uill Smitga milliy chopon va do‘ppi sovg‘a qildi. Bu haqda bloger Instagram sahifasida post joyladi.

Uchrashuv chog‘ida Saidaazim nafaqat milliy kiyimlarni sovg‘a qildi, balki Gollivud yulduzini O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoning boshqa go‘shalariga tashrif buyurishga taklif etdi.

Sovg‘ani topshirishdan avval u aktyorga o‘zining bolalikdan uning filmlaridan ilhom olganini aytib, bu milliy kiyimlarni hurmat va do‘stlik ramzi sifatida qabul qilishini umid qilganini bildirdi.

«Janob Smit, men sizning barcha filmlaringizni tomosha qilib ulg‘ayganman. Bu men uchun katta sharaf! Iltimos, bu sovg‘ani minnatdorchilik ramzi sifatida qabul qiling. Siz Beverli-Xillz shahzodasi bo‘lgansiz (aktyor rol ijro etgan mashhur filmga ishora), ammo men sizning ma’lum ma’noda o‘zbekcha shahzoda bo‘lishingizni xohlar edim», — dedi bloger Uill Smitga.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent metrosida yigitlarga tegajog‘lik qilgan bloger qo‘lga olingani haqida yozgandi.