
18-noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bayroq estafetasi taniqli shaxslar, sportchilar va yoshlar ishtirokida Bektemir tumanidagi «Rohat» postida soat 14:00 da, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘i majmuasida soat 15:00 da, Chilonzor tumanidagi «Erkin» postida soat 16:00 da tantanali kutib olinadi.
Gala-konsert o‘zbek estrada yulduzlari ishtirokida soat 17:00 da Xalqlar do‘stligi maydonida,
Dron shou esa 18:00 da Xalqlar do‘stligi maydonida bo‘lib o‘tadi. Shahar aholisi va mehmonlar bayrog‘imizning 34 yilligini nishonlashga taklif etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent osmoni mustaqillik bayramida O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan edi.