Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshiradi

eʼlon qilindi
Neft sanoati va atom energetikasi bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ham kengaymoqda
Foto: The Guardian

Qozog‘iston prezidenti Qasım-Jomart Toqayevning Toshkentga tashrifi davomida ikki tomonlama hamkorlikning eng muhim yo‘nalishlari: gaz tranzitini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, yuk tashish hajmlarini ko‘paytirish sohalari haqida muhokama qilindi.

Toqayev Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz loyihasi muvaffaqiyatli davom etayotganini aytdi. Tomonlar yaqin kelajakda gaz tranziti hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, neft sanoati va atom energetikasi bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ham kengaymoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida tashkil etilayotgan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi savdo aloqalarini sezilarli kengaytirishi kutilmoqda. Mazkur loyiha ikki davlat o‘rtasida qo‘shma ishlab chiqarish va logistika imkoniyatlarini oshiradi.

Toqayev ta’kidlashicha, qurilish sohasi hamkorlikning eng jadal rivojlanayotgan segmentiga aylanmoqda. Qozog‘iston shirkatlari «Yangi Toshkent» loyihasida faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, Toshkentda «Astana», Astanada esa «Tashkent» mehmonxonalari qurilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 9 oyida ikki davlat o‘rtasidagi temiryo‘l yuk tashish hajmi 15 foizdan ko‘proqqa oshib, 22 million tonnadan oshdi. Tomonlar tarif siyosatini soddalashtirish, chegara punktlarini modernizatsiya qilish va bojxona tizimlarini raqamlashtirishga kelishib oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qosim-Jomart Toqayev Toshkentda kutib olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek