Renault–Nissan alyansi qayta tiklanishi mumkin

eʼlon qilindi
Mitsubishi alyansning uchinchi ishtirokchisi sifatida qolmoqda
Renault va Nissan qayta tiklanishi mumkin / Foto: NDTV

Renault va Nissan o‘zlarining 26 yillik hamkorligini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Financial Times nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qaror ikki kompaniyada rahbarlar almashgani va Nissan moliyaviy ahvolining yomonlashgani sababli strategik afzalliklarni qayta baholash zarurati bilan bog‘liq.

Yangi rahbar Fransua Prevo alyansni biznesni kengaytirish va raqobatbardoshligini oshirish vositasi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Renault alyans doirasida ham, tashqarida ham hamkorlikni kengaytirish, jumladan Geely bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, kompaniya Hindistondagi qo‘shma korxonani to‘liq nazoratga olish va Fransiyada Twingo elektr avtomobilini ishlab chiqarishni davom ettirishni ko‘zlamoqda. Mitsubishi esa ittifoqning uchinchi ishtirokchisi sifatida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Nissan Teana taqdim etilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek