Avto

SAIC Volkswagen Lavida Pro’ni taqdim etdi

Narxi 89 – 113 ming yuang ($12,5 ming – $16 ming atrofida)
SAIC Volkswagen Lavida Pro’ni taqdim etdi / Foto: Volkswagen

SAIC Volkswagen yangi Lavida Pro modelini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Mashina to‘rtta variantda sotuvga chiqadi. Dizayni Passat Pro uslubida bo‘lib, old qismi klassik gorizontal chiziqlar yoki qora teshikchali sport uslubida. Barcha versiyalarda LED-optika va yoritilgan Volkswagen logotipi mavjud.

Lavida Pro uzunligi 4720 mm, balandligi 1482 mm, yangi g‘ildirak disklari va to‘rt rang variantiga ega. Salon 10,25 dyuymli raqamli asboblar paneli va 12,9 dyuymli media-ekran bilan jihozlangan, klassik uzatmalar qutisi selektori elektron boshqaruv bilan almashtirilgan.

Foto: Volkswagen

Lavida Pro’da ikki xil dvigatel mavjud: biri 1,5 litrli, 110 ot kuchiga ega va 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan, ikkinchisi esa 1,5 litrli, 160 ot kuchiga ega turbodvigatel bo‘lib, 7 pog‘onali robotizatsiyalangan uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Ma’lumot uchun, Lavida Xitoyda eng mashhur yengil avtomobil bo‘lib, 3-noyabrda zavoddan 6,5 millioninchi Lavida chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volkswagen avtomobillari smart soatlar bilan boshqarilishi haqida yozgan edik.