Samarqandda Damas va Onix to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Samarqandda Damas va Onix to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat YXHB xabar bermoqda.
2025-yil 15-noyabr kuni soat 14:05 larda Samarqand shahar Al-Xorazmiy nomidagi mahallada YTH sodir bo‘ldi. Hodisa Nodirabegim va Cho‘lpon ko‘chalari kesishmasida qayd etildi.
Damas haydovchisi chap tomonga ikkinchi darajali yo‘lga burilish vaqtida qarama-qarshi tomondan kelayotgan Onix avtomobilini o‘tkazib yubormagan. Haydovchi yo‘lga chiqib ketgach, ikki mashina to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida Damas avtomobilidagi ikki yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan. Shunga qaramay, ulardan biri ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.
Holat bo‘yicha Samarqand shahar IIO FMB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda YTH oqibatida 9 oy ichida 1,3 ming kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.