Yangiliklar

Toshkentda havo sifati yana yomonlashdi

«O‘zgidromet» tashqariga chiqqanda niqob taqishni tasviya etdi
Toshkentda havo sifati yana yomonlashdi
Toshkentda havo sifati yana yomonlashdi / Foto: Sapura Temirxanova / Kursiv Uzbekistan

Toshkent shahrida havo ifloslanish darajasi yana yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Toshkent shahrida soat 09:00 dagi avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotiga ko‘ra, PM2.5 zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan sezilarli darajada oshgan.

17-noyabr natijalariga ko‘ra:

  • PM10 mayda dispersli zarrachalarning miqdori me’yordan oshmagan;
  • PM2.5 mayda dispersli zarrachalar miqdori esa me’yordan 2,3 baravarga yuqorini qayd etgan.

Xabarga ko‘ra, havo sifatining bunday keskin yomonlashishiga haroratning o‘zgarishi sabab bo‘lgan. Bu kabi sharoit inversiya jarayonini keltirib chiqarib, mayda zarrachalarning havoda to‘planishiga olib keladi. Shu sababli agentlik aholiga ochiq havoda harakatni kamaytirish, iloji bo‘lsa uyda qolish va tashqariga chiqqanda niqob taqish tavsiya etmoqda.

«O‘zgidromet» 16-noyabr kungi xabarida havodagi PM2.5 mayda dispersli zarrachalar miqdori me’yordan 3,4 baravar yuqoriligini va bunday havo sifatining yomonlashishi bir necha kun davomida saqlanib qolishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11-noyabr kuni ham «O‘zgidromet» Toshkent va Andijon shaharlarida havo sifati yomonlashgani sabab aholiga niqob taqishni tasviya etgandi.