
Toyota yangi Land Cruiser’ni ishlab chiqmoqda. Bu zamonaviy pikap bo‘lib, orqa o‘rindiqlardagi yo‘lovchilar uchun qulaylik oshirilgan va shahar sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan, deya xabar bermoqda BestCarWeb.
Land Cruiser oilasida dastlab uchta asosiy model: universal – Land Cruiser 300, og‘ir terenik – Land Cruiser 70 va yengil terenik – Land Cruiser 250 mavjud bo‘lgan. Barchasi ramkali konstruksiyaga ega edi. Yangi Pickup esa to‘rtinchi asosiy model bo‘lib, ramkaga ega bo‘lmagan tashuvchi korpusga ega. Bu kengroq korpus va katta yukxona yaratishga imkon beradi.

Prototip EPU 2023-yilda Japan Mobility Show’da namoyish etilgan. Avtomobil besh o‘rinli, ikkita o‘rindiq qatori bilan, o‘lchamlari 5070 × 1910 × 1710 mm va g‘ildiraklar oralig‘i 3350 mm. Dvigatel esa to‘liq elektr, o‘z-o‘zini zaryadlovchi va zaryadlanadigan gibrid variantlarda taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyota vodorodli Tacoma konseptini taqdim etgan edi.