Avto

Zeekr kompaniyasi joriy yilning uchinchi choragida 4,4 mlrd dollar daromad qildi

Hisobotga ko‘ra, tayyor avtomobillar savdosidan tushgan daromad $3,71 mlrdga tenglashgan
Zeekr
Foto: Depositphotos

Zeekr kompaniyasi 2025-yilning uchinchi choragida $4,4 mlrd daromad ko‘rdi. Chorak davomida o‘sish 15,1 foizni tashkil qildi.

Hisobotga ko‘ra, tayyor avtomobillar savdosidan tushgan daromad $3,73 mlrdga tenglashgan. Bu ko‘rsatkich yil davomida 7,3 foizga, chorak davomida esa 15,8 foizga ko‘tarildi.

Shu bilan birga, kompaniya uchinchi chorakda $43 mln miqdorida sof zarar qayd etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 84,9 foizga kam, lekin oldingi chorakka nisbatan 7 foizga ko‘p.

Uchinchi chorakda jami 140 195 ta avtomobil yetkazib berildi. Bu yil davomida 12,5 foizga, chorak bo‘yicha esa 7,1 foizga o‘sish demakdir.

Zeekr 52 860 ta avtomobil yetkazdi. Lynk & Co esa 87 335 ta mashina topshirdi, ulardan 72,4 foizi yangi energiya manbalarida ishlaydigan transport vositalari bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Zeekr 7X elektromobili 6 yillik kafolat bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.