AQSh JCh chiptalari egalariga viza suhbatida ustuvorlik beradi

18-noyabr 2025 10:12 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Reuters

Donald Tramp 2026-yilgi Jahon chempionati uchun chiptaga ega sayyohlar elchixona va konsulliklarda viza suhbatiga ustuvor tartibda chaqirilishini e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

AQSh Davlat departamentiga ko‘ra, chipta vizani avtomatik tarzda kafolatlamaydi, biroq suhbatga chaqirilish muddatini sezilarli darajada tezlashtiradi. Davlat kotibi Marko Rubio chiptalar tekshiruv jarayoniga ta’sir qilmasligini, barcha xavfsizlik qoidalari odatdagidek kuchda qolishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy muxlislar 6 – 8 hafta ichida suhbatga chaqirilishi mumkin.

«Chiptangiz viza emas, u AQShga kirishni kafolatlamaydi. Farqi faqat shundaki, biz ularni navbatda oldinga o‘tkazamiz», – dedi Rubio.

2026-yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika bo‘ylab o‘tkaziladi, o‘yinlarning aksariyati AQShda bo‘lib o‘tadi. FIFA prezidenti Janni Infantino musobaqaga 10 milliongacha muxlis kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Norvegiya Italiyani yengib, Jahon chempionatiga yo‘l olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek