Yangiliklar

AQSh JCh chiptalari egalariga vizada ustuvorlik beradi, Chevrolet eski modelini yangiladi — 18-noyabrning eng muhim hodisalari

19-noyabr uchun AQSh valyutasi 11 940,70 so‘m (-69,22 so‘m) etib belgilandi
Погода в Ташкенте
18-noyabrning eng muhim hodisalari / Foto: Sultonbek Ikromov / Unsplash

AQSh JCh chiptalari egalariga viza suhbatida ustuvorlik beradi, Chevrolet eski modelini yangiladi, 19-noyabr uchun valyuta kurslari — 18-noyabrning eng muhim hodisalari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Emirates samolyotlarida Starlink bepul internetini yo‘lga qo‘yadi

Emirates Boeing
Foto: Emirates

Emirates aviakompaniyasi o‘z parkidagi samolyotlarga Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini o‘rnatishni boshladi. Bu yangilik Dubai Airshow 2025 ko‘rgazmasida xizmat sinovdan o‘tkazildi va internet tezligi 400 Mbit/s dan oshgani ma’lum bo‘ldi.

AQSh JCh chiptalari egalariga viza suhbatida ustuvorlik beradi

Foto: Reuters

Donald Tramp 2026-yilgi Jahon chempionati uchun chiptaga ega sayyohlar elchixona va konsulliklarda viza suhbatiga ustuvor tartibda chaqirilishini e’lon qildi. Davlat departamentiga ko‘ra, chipta vizani avtomatik tarzda kafolatlamaydi, biroq suhbatga chaqirilish muddatini sezilarli darajada tezlashtiradi

Ermitaj 1-dekabrdan boshlab chiptalar narxini oshiradi

Muzey ma’muriyatining ma’lum qilishicha, kattalar uchun bazaviy tarif 700 rublga yetadi. Muzey 2026-yil 31-martgacha seshanba, juma va shanba kunlarida 17:00, 17:30 va 18:00 da o‘tkaziladigan kechki seanslarni saqlab qoladi. Bu vaqtlarda tashrif narxi 500 rubl bo‘ladi. Shuningdek, mavjud ijtimoiy imtiyozlar ham davom ettiriladi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Energetika
Foto: Energetika vazirligi

O‘zbekiston Energetika vazirligi va Afg‘onistonning DABS kompaniyasi o‘rtasida elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov Afg‘onistonning DABS kompaniyasi bosh direktori Abdul Bori Umar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Banklarda mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha

Banklarda mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha
Banklarda mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha / Foto: depositphotos

17-noyabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 32,4 foizni, avtomobil xaridi uchun esa 24,4 foizni tashkil etdi

Chevrolet eski modelini yangiladi — foto, narx

Yangi Chevrolet Blazer
Foto: GMAutority

GM kompaniyasi tomonidan AQSh bozori uchun yangi Chevrolet Blazer avtomobili taqdim etildi. Yangi Blazer’da komplektatsiyalar qayta ko‘rib chiqilgan. Xavfsizlik tizimlari kengaytirilib, dvigatel tanlovida ham o‘zgarishlar qilingan. Endi xaridorlar rasmiy onlayn konfigurator orqali mashinani o‘zlari xohlagancha jihozlab olishlari mumkin.

Sud qarorlarining kuchga kirish muddati 30 kundan 10 kunga qisqartirilishi mumkin

Sud qarorlarining kuchga kirish muddati 30 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda
Foto: depositphotos

Sud qarorlarining kuchga kirish muddati 30 kundan 10 kunga qisqartirilishi mumkin. Bu haqdagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqildi. Loyihaga ko‘ra, Fuqarolik va Iqtisodiy protsessual kodekslariga soddalashtirilgan tartibda ko‘riladigan sud ishlarining bahosini oshirish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritiladi. Amaldagi tartibda quyidagi miqdordagi da’volar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi:

Oston O‘runov «Yuventus»ga o‘tishi mumkin

Foto: O‘FA

O‘zbekiston terma jamoasi va Eronning «Persepolis» klubi yarimhimoyachisi Oston O‘runovga Italiya grandlaridan biri «Yuventus» jiddiy qiziqish bildirdi. Bu haqda mahalliy va xorijiy nashrlar xabar bermoqda. Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, «Yuventus» sport direktori Marko Ottolini O‘runov masalasini O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bilan muhokama qilgan. 25 yoshli futbolchi hozirda Tehronning «Persepolis» klubida faoliyat yuritmoqda.

Pokiston davlat banki Toshkentda filial ochishni rejalashtirmoqda

bank
Banklarda eskrou hisobvaraqlarini ochish imkoniyati yaratiladi / Foto: Wykop

Pokiston davlat banki (NBP) O‘zbekistonda o‘z filialini ochishni rejalashtirmoqda. Ushbu filial orqali ikki davlat o‘rtasidagi hisob-kitoblar va moliyaviy operatsiyalarni soddalashtirishga erishish kutilmoqda. Mazkur masala Pokiston–O‘zbekiston hamkorligiga bag‘ishlangan sakkizinchi sessiya davomida muhokama qilindi.

19-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

dollar
Foto: Depositphotos

19-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 940,70 so‘m (-69,22 so‘m) etib belgilandi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 94,64 so‘mga tushib, 13 839,27 so‘mni, rubl esa 0,4 so‘mga tushib, 147,40 so‘mni tashkil qildi.

Mobil operatorlarning narxlarni oshirish holatlari o‘rganilmoqda — Raqobat qo‘mitasi

Mobil operatorlarning narxlarni oshirish holatlari o‘rganilmoqda — Raqobat qo‘mitasi
Mobil operatorlarning narxlarni oshirish holatlari o‘rganilmoqda — Raqobat qo‘mitasi / Foto: depositphotos

Qo‘mita narx oshirishining asosli sabablarini aniqlash uchun joriy yilning noyabr oyi boshida operatorlarga rasmiy so‘rovlar yuborgan. Hozirda ular xizmat sifati va qamrovni kengaytirish bo‘yicha qilinayotgan xarajatlarning narxlarga ta’siri haqida taqdim etgan ma’lumotlar ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 17-noyabrning eng muhim hodisalarini e’lon qilgandi.